G‘arb Rossiya va Turkiya munosabatini buzmoqchi – Rasmiy Moskva

Olam

image

G‘arb davlatlari o‘z sanksiyalari bilan Rossiya-Turkiya havo qatnovini buzishni maqsad qilgan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining to‘rtinchi Yevropa departamenti direktori Yuriy Pilipson TASSga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

“Biz G‘arb sanksiyalari boshqa narsalar qatori Rossiya-Turkiya havo qatnovini buzishga qaratilganini hisobga olishimiz kerak. Shu bois ikki davlatning tegishli idoralari Turkiyaga sayohat qilayotgan sayyohlarimiz duch kelishi mumkin bo‘lgan har qanday xavf va noqulayliklarni bartaraf etish uchun jadal ishlamoqda”, deydi u.

Pilipsonning ta’kidlashicha, bir qator davlatlar Rossiyaga qarshi yashirin siyosat olib borayotgan bir paytda, kundalik diplomatik ishda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning ahamiyati bir necha barobar ortib bormoqda.

“Turkiyalik hamkasblarimiz qattiq tashqi bosimga qaramay, Rossiya bilan milliy manfaatlarga mos ravishda hamkorlik qilishda davom etmoqda. Albatta, bu ikki tomonlama munosabatlardagi eng muhim va e’tiborga molik sohalardan biri bo‘lib qolayotgan turizmga ham tegishli. Umuman olganda, biz Anqaraning ruslarning Turkiyada to‘liq va xavfsiz dam olishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish haqidagi va’dalaridan mamnunmiz.

So‘nggi yillarda, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida transport aloqalarini uzluksiz ta’minlash, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha qimmatli tajribaga ega bo‘ldik. Shu bois, bu borada hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilamiz”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

294

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing