G‘arb xavotirda. Rossiya va Xitoy harbiy ittifoq tuzadimi? 

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar yuqori darajadagi o‘zaro ishonchga ega, ammo ikkala mamlakat ham harbiy ittifoq tuzmoqchi emas. Bu haqda bugun, 6 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Rossiya-Xitoy munosabatlari tarixdagi eng yaxshi darajaga yetdi, ammo bu munosabatlar harbiy ittifoq tuzish maqsadini ko‘zlamaydi”, deydi Rossiya TIV rahbari.

Lavrovga ko‘ra, ikki tomonning qarashlari eng yuqori darajadagi hujjatlarda qayd etilgan.

Sergey Lavrov Rossiya-Xitoy munosabatlariga oid harbiy ittifoq haqidagi taxminlardan tashqari, “Yaqin Sharq NATOsi”, qolaversa, oxirgi paytlar “gap-so‘z” bo‘layotgan “Osiyo NATOsi”ga ham to‘xtalib o‘tgan.

“Bugun biz bu borada fikr almashdik. Hindistonlik do‘stlarimiz bilan bu (Osiyo NATOsi nazarda tutilgan – tahr.) qarshi ta’sirga ega bo‘ladi, degan umumiy pozitsiyadamiz”, deydi Lavrov.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov joriy yilning mart oyida Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib qaytgan. Tashrif chog‘ida u Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashgan. Ushbu tashrif yakunida Xitoy tomoni Rossiya TIV rahbarining tashrifini yuqori baholab, xalqaro muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan.

Shundan so‘ng, G‘arbda Rossiya va Xitoy o‘rtasida harbiy ittifoq yuzaga kelishi yanada keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Biroq har ikki tomon ham muntazam bunday qarashlarni rad etib kelmoqda. 

Bu ittifoq haqidagi dastlabki xavotirlar esa 2014 yilda Rossiya tomonidan Qrim egallab olinishi va unga nisbatan sanksiyalar qo‘llanishidan so‘ng shakllana boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

342

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing