G‘arb davlatlari Rossiyaga raketa bergani uchun Eronni jazolamoqchi

Olam

image

Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya Eronga qarshi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda. Bunga Eronning Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berishda gumon qilinayotgani sabab bo‘lgan. Bu haqda Germaniya Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan uch davlatning qo‘shma bayonotida so‘z boradi.

“Bu operatsiya ham Eron, ham Rossiya tomonidan kuchaymoqda va Yevropa xavfsizligiga bevosita tahdid solmoqda... Biz Eron bilan havo qatnovi bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlarni to‘xtatish uchun zudlik bilan chora ko‘ramiz”, deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, mamlakatlar Rossiyaga ballistik raketalar va boshqa qurollar yetkazib berishda ishtirok etgani aytilayotgan asosiy tashkilotlar va shaxslarni aniqlash niyatida. Shuningdek, Iran Air aviakompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, 7 sentyabr kuni “The Wall Street Journal” Eron Rossiyaga 12 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarga yetib borishga qodir 200 dan ortiq Fath-300 ballistik raketalarini yuborgani haqida xabar qilgan edi. Raketalar 4 sentyabr kuni kema bilan Kaspiy dengizi orqali yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tehron tomonidan Rossiyaga ballistik raketalar yetkazilgani haqidagi xabarlar ortidan Eronning muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili Shahriyor Amuzegar Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Frantsiya Buyuk Britaniya G'arb

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made