Galkin va Pugachyova Isroilni ham tark etdi. Ular Rossiyaga qaytmayaptimi yoki qaytolmayapti?

Madaniyat-san’at

image

Maksim Galkin hamda Alla Pugachyova farzandlari Liza va Garri bilan joriy yilning fevral oyida Rossiyadan Isroilga ko‘chib o‘tishgan edi. Galkin bunga sabab sifatida Rossiyaning qo‘shni Ukrainaga bostirib kirishini ko‘rsatgan bo‘lsa, Alla Borisovna diplomatik ruhda buni “Dam olish va davolanish” bilan bog‘lagan. Hatto, juftlik Moskva yaqinidagi hashamatli uyini sotuvga qo‘ygani haqida OAV xabar bergan edi.

O‘tgan haftada Alla Pugachyova Isroilni tark etgani ma’lum bo‘ldi. Rossiya estradasi primadonnasi farzandlari hamrohligida Latviyaning Yurmala shahridagi dam olish maskanida ko‘rinish bergan. 

Ko‘pchilikni qiziqtirgan “Maksim Galkin qayerda?”, degan savolga ham javob topildi. Kuni kecha rossiyalik so‘z ustasi ijtimoiy tarmoqlar orqali Latviyada ekanini ma’lum qilgan. 

Rus nashrlariga ko‘ra, Alla Pugachyova avgust oxirida farzandlarining o‘qishi boshlanishi munosabati bilan Rossiyaga qaytishni rejalashtirgan. Maksim Galkin uchun bu ish oson bo‘lmasligi mumkin. Sababi Galkin Isroildagi konsertlardan tushgan daromadidan bir qismini aynan ukrainalik qochqinlarga xayriya qilgan va Rossiya hukumatini Ukrainadagi harakatlari uchun tanqid qilgan edi. 

Ma’lumot uchun Maksim Galkin rafiqasi bilan Rossiyani tark etishi ortidan Rossiyadagi barcha reklama shartnomalari va konsertlari bekor bo‘lgan. Qo‘shimchasiga u Rossiyaning “Birinchi kanali”dagi boshlovchiligidan ham mahrum qilingan. 

Yulduzli juftlik muxlislarini ularning navbatdagi manzili qaysi mamlakat bo‘lishi qiziqtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

656

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing