“Galatasaroy” klubining 2 nafar vakili koronavirus yuqtirib oldi
Sport
−
24 mart 2020
4078Turkiyaning “Galatasaroy” bosh murabbiy Fotix Terim va klub vitse-prezidenti Abdurrahim Albayrak koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti. Xabarda aytilishicha, Albaykarning rafiqasi ham koronavirusni aniqlovchi test topshirgan. Ayni paytda ular karantinga olingan.
Taniqli murabbiy Fotix Terim o‘zining Twitter'dagi rasmiy sahifasiga quyidagicha izoh qoldirdi.
“Koronavirusni aniqlovchi test topshirdim. Test natijasiga ko‘ra, menda ushbu yuqumli infeksiya borligi ma’lum bo‘ldi. Hozir shifoxonada ishonchli qo‘llardaman. Havotirga o‘rin yo‘q. Sog‘ligim haqida xabar beraman”, deb yozgan Fotix Terim.
Ma’lumot o‘rnida, Fotix Terim murabbiylik faoliyatida “Ankaragyudjyu”, “Geztepe”, Turkiya milliy terma jamoasi, “Galatasaroy”, Italiyaning “Fiorentina” va “Milan” jamoalarida ishlagan. Terim Turkiyaning 8 karra chempioni, 5 karra Turkiya seperkubogi sohibi, UEFA kubogi sovrindori va EURO-2008 bronza medali sohibi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 382 644 nafarni tashkil etyapti. 16 587 odam ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 101 857 nafardan ziyod insonlar koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan.
LiveBarchasi