“GAI”larni foto va videoga olishni taqiqlash bo‘yicha loyiha tugallanmagan – Bozorov

Jamiyat

image

Yo‘l-patrul xizmati xodimining xizmat vaqtida olingan videosini uning ruxsatisiz internetda tarqatish bo‘yicha qaror loyihasi hali oxiriga yetkazilmagan. Bu haqda bugun, 18 aprel kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida YHXBB boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov ma’lum qildi. 

“Bu bir loyiha va u hozircha oxiriga yetkazilmagan. Bu bo‘yicha ishchi guruh ishlayapti. Mazkur masala yuzasidan rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi o‘rganib, keyin Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Ayni vaqtda bu loyiha o‘rganish jarayonida”, deydi Bozorov.

Avvalroq, “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi taqdim etilgandi. Unda Yo‘l-patrul xizmati xodimlarini foto va videotasvirga olishni taqiqlash nazarda tutilgan. 

Aytish joizki, loyiha muhokamasi joriy yilning 29 martigacha davom etishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing