G‘afur G‘ulom bog‘i investordan qaytarib olinadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Singapurda ro‘yxatga olingan “BMP Smart Decision Private Limited” kompaniyasiga zamonaviy ko‘ngilochar bog‘ tashkil etish sharti bilan 49 yilga ijaraga berilgan G‘afur G‘ulom bog‘i masalasi qayta ko‘rib chiqilib, investordan olib qo‘yilishi kutilmoqda. Bu haqda bugun, 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tayotgan Senatning yigirma ikkinchi yalpi majlisida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ma’lum qildi. 

Senat raisi Tanzila Norboyeva Ortiqxo‘jayevga yuzlanib, aholi murojaatlari orasida G‘afur G‘ulom bog‘ining taqdiri bilan bog‘liq savollar ham borligini aytdi. 

“G‘afur G‘ulom bog‘i investorga berilgan. Ikki yil davomida bizga ko‘rsatgan loyihasi asosida bog‘da hech qanday daraxtga teginmasdan, plyaj zonalarini qoldirish, aslini saqlab qolish va uni rekonstruksiya qilish va yangi attraksionlar qo‘yilishi ko‘rsatilgan. Lekin tadbirkorimiz 1 yildan oshdiki o‘ziga qo‘yilgan vazifalarni bajarmadi. Ushbu masalani qayta ko‘rib chiqishni taklif qilaman va qayta ko‘rib chiqamiz”, deydi hokim Ortiqxo‘jayev. 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, G‘afur G‘ulom bog‘i hududida 15 ta qarovsiz qolgan daraxt qurib qolgan. 


Maqola muallifi

Teglar

G'afur G'ulom bog'i

Baholaganlar

485

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing