“G‘afur G‘ulom” bog‘i hududida turar-joy binolari qurilyaptimi? Madaniyat vazirligi izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududi buzilib, o‘ringa turar-joy majmuasi qurilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘z navbatida bu muhokamalarga ham sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mazku xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi va bu asossiz xabarlar ekanini ta’kidladi.

“Chindan ham bog‘ hududida ish jarayoni boshlangan. Ammo turar-joy majmualari qurilmayapti, aksincha, bog‘da yengil konstruksiyali inshootlarni buzish (demontaj) ishlari olib borilmoqda.

Ishlab chiqilgan yangi loyihaga ko‘ra, bog‘ hududida turar-joy inshootlari qurilmaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, ob’ekt hududidagi texnik jihatdan eskirgan atraksion hamda o‘yin qurilmalarini olib chiqish bo‘yicha barcha tadbirkorlar ogohlantirilgan va ushbu talabga ular tomonidan e’tiroz bildirilmagan. 

“Ta’kidlab o‘tamizki, olib borilayotgan rekonstruksiya jarayonida bog‘ hududidagi suv havzasi, daraxtlar va boshqa o‘simliklarga ziyon yetmagan, ular doimiy ravishda parvarish qilinmoqda”, deydi vazirlik.


Maqola muallifi

Teglar

G'afur G'ulom bog'i

Baholaganlar

171

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing