Gaaga sudi Rossiya ustidan ish boshladi. Putin va Lukashenko ham chetda qolmasligi mumkin
Olam
−
28 fevral 2022
13396Niderlandiyaning Gaaga shahrida joylashgan BMTning Xalqaro Sudiga Litva hukumati Rossiya va Belarus ustidan ariza kiritishi ma’lum qilindi.
Litva Adliya va Tashqi ishlar vazirliklari Xalqaro Suddan Rossiya va Belarus rahbarlari Vladimir Putin hamda Aleksandr Lukashenkoning ukrain xalqiga nisbatan yuriyotgan siyosiy faoliyatini jiddiy tergov qilib, ularni javobgarlikka tortishni so‘ramoqchi.
Litva TIV rahbari Evelina Dobrovolskaning ta’kidlashicha, ikki davlatning shavfqatsiz siyosati ustidan zudlik bilan Xalqaro Sud jinoiy ish qo‘zg‘ab, ukrain xalqining haq-huquqlarini himoyaga olishi kerak.
“Men kecha Ukraina Adliya vaziri Denis Malyusk bilan telefonda suhbat qildim. Suhbat davomida biz ukrain xalqini qo‘llab-quvvatlashimizni bildirdim va Litva hukumati Rim statuti (Xalqaro jinoiy sudni tashkil etish to‘g‘risidagi xalqaro shartnoma)ga ko‘ra, Gaaga tribunalining prokuroriga murojaat qilish huquqidan foydalanishini aytdim”, degan Tashqi ishlar vaziri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaga xalqaro suddagi ish yuzasidan Litva Adliya vazirligi ham yaqindan yordam beradi.
“Shuningdek, men Litva Adliya vazirligiga Ukrainaga har tomonlama, advokatlardan tortib, kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarda yaqindan yordam berishni taklif qildim”, deya bildirgan Dobrovolska xonim.
Mamlakat Adliya vazirligi esa Ukrainadagi vaziyat yuzasidan inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq kerakli dalillar va hujjatlarning to‘plagani, hamda, ularni jinoiy ish ochish uchun Xalqaro Sudga yuborilishini ma’lum qilgan.
Avvalroq Ukraina Rossiya ustidan BMT qoshidagi Xalqaro Gaaga sudiga shikoyat arizasi kiritgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu sud ishi, Xalqaro Terrorizmni moliyalashtirish to‘g‘risidagi hamda Irqiy kamsitishlarga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyalarga muvoqif ko‘rib chiqilishi bildirilmoqda.
Hozircha sud ishi haqida ochiq ma’lumot berilgani yo‘q, ammo Ukraina Prezidentining tvitidan ma’lum bo‘lishicha, Ukraina va Rossiya BMT tarkibidagi sudda Xalqaro Genotsid konvensiyasining IX bandida keltirilgan ayblovlar yuzasidan sudlashadi.
LiveBarchasi