G7 Ukrainaga beminnat milliardlar bermoqchi – OAV
Olam
−
17 may 2022
5514“Katta yettilik” davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya) Ukrainaga yordam berish uchun joriy hafta 15 milliard yevro ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” Germaniya hukumatining yuqori martabali rasmiyiga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, yordam paketi (qisqa muddatli moliyalashtirish) asosan grantlar ko‘rinishida bo‘ladi, ya’ni kreditlardan farqli o‘laroq, ularni qaytarish shart emas. Rasmiyga ko‘ra, Ukrainaning daromadi kamayib ketgani sabab shunday qarorga kelingan.
Nashrning keltirishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari allaqachon yordamning yarmini, ya’ni 7,5 milliard dollarini grant sifatida qo‘shishini aytgan. G7 vakillari hali qo‘shma bayonotni imzolamagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 may kuni AQSH Kongressining Vakillar palatasi Ukrainaga qariyb 40 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha yordam ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan edi.
Biroq makblag‘larni ajratish Senatda to‘xtab qoldi va kecha Senatda dastlabki ovoz berishdan o‘tdi. AQSHning G7 ga va’da qilgan 7,5 mlrd dollari 40 mlrdning ichidami yoki alohida, bu hozircha noma’lum.
LiveBarchasi