G7 sammiti: buyuk davlatlar dunyoga qariyb 1 mlrd doza vaksina va’da qildi
Olam
−
14 iyun 2021
4516“Katta yettilik” (G7) davlatlari rivojlanayotgani davlatlarga 870 mln doza koronavirusga qarshi vaksina ajradati. Yirik davlatlar Buyuk Britaniyaning Kornuoll shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda shunday qarorga kelgan.
Ular shu yil oxirigacha va’da qilingan dozalarning kamida yarmini ta’minlashga va’da berishdi. Vaksina JSST va COVAX mexanizmi orqali muhtoj davlatlarga yetkaziladi.
Ma’lumot uchun, COVAX kambag‘al mamlakatlarga vaksinalarni bepul yoki arzonlashtirilgan narxlarda olish imkoniyatini beradigan JSST homiyligidagi xalqaro mexanizmdir.
“Mamlakatlar tezda va’dalarini haqiqatga aylantirishiga umid bildiramiz. Bu pandemiyaning o‘tkir bosqichini tugatadi, virusning yangi mutatsiyalarining paydo bo‘lishini cheklaydi. Mazkur ishlar katta xavf ostida bo‘lgan odamlarni himoya qilishga intilishdagi global birdamlikdir”, deydi Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyans (GAVI) Bosh direktori Set Berkli.
UNICEF rahbari Henriyetta Forega ko‘ra, G7 rahbarlarining va’dalari har qachongidan ham dolzarbdir. Uning ta’kidlashicha, 2021 yilda o‘tgan yilga qaraganda ko‘proq odam vafot etishi mumkin.
“Agar biz shoshilinch choralar ko‘rmasak, odamlarni yo‘qotishda davom etamiz. COVID-19 vaksinalarining teng taqsimlanishi hammamiz uchun, shu jumladan bolalar uchun ham ushbu pandemiyadan qutulishning eng samarali usuli hisoblanadi”, deydi Fore.
JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus dunyo pandemiya ustidan g‘alaba qozonishi uchun ko‘p vaqt ketishini ta’kidlab o‘tdi. Chunki ko‘plab mamlakatlarda bu kasallik keskin o‘sib bormoqda. Ayniqsa, birinchi navbatda vaksina yetishmovchiligini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda.
“Vaksinalarni dunyo miqyosidagi boylik deb hisoblash kerakligi menga boshidanoq aniq edi. Demak, ular mavjud va bepul bo‘lishi kerak. Ularni ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish va adolatli taqsimlash zarur. Virus yong‘in kabi tarqalsa va mutatsiyaga duchor bo‘lsa, uni yengib bo‘lmaydi”, deydi BMT rahbari Antionio Guterrish.
Eslatib o‘tamiz, "katta yettilik" davlatlari rahbarlarining sammiti 11-13 iyun kunlari Britaniyaning Kornoull grafligida o‘tkazildi.
Avvalroq, sammit vaqtida AQSH Prezidenti Jo Bayden Buyuk Britaniya qirollik oilasining protokolini buzgani xabar qilingandi.
Islomjon Omonjonov
LiveBarchasi