G7 davlatlari Rossiyaning olmos eksportini cheklamoqchi
Olam
−
18 may 2023
4088Yettilik guruhi mamlakatlari Yaponiyaning Xirosima shahridagi sammitda Rossiyaning olmos eksportini cheklash masalasini ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda DPA xabar berdi.
Qayd etilishicha, olmos eksportini cheklash bo‘yicha tegishli ariza 19-21 may kunlari Xirosimada o‘tkaziladigan G7 sammitida qabul qilinadi. Garchi Xirosimadagi sammitning yakuniy bayonotida olmos eksportiga cheklov kiritish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinsada, amaliy yechimlar hozircha kiritilmagan. Buning uchun avvalo aniq mexanizm ishlab chiqilishi kerakligi aytilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya eksport qiladigan olmosga cheklov kiritilishiga asosiy sababchi Belgiya bo‘lib, agar sanksiyalar global miqyosda qo‘llanilmasa, Rossiyaning eksporti Yaqin Sharq va Hindistonga yo‘naltiriladi va bunda Belgiyaning olmos biznesi katta yo‘qotishga uchraydi.
Sammitga Avstraliya, Braziliya, Vetnam, Hindiston, Indoneziya, Kuk orollari va Komor orollari Ittifoqi, Janubiy Koreya rahbarlari ham taklif etilgan. Uchrashuvning asosiy mavzulari mintaqaviy masalalar, jumladan, Ukraina, Hind-Tinch okeani mintaqasi, Tayvan atrofidagi vaziyat, global janubiy mamlakatlar bilan hamkorlik, yadroviy qurollarni cheklash, iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolari bo‘ladi.
LiveBarchasi