FVV Mo‘ynoqdagi o‘chirib bo‘lmasligi aytilgan yong‘in haqida ma’lumot berdi
Jamiyat
−
18 may 2022
9474Avvalroq, Mo‘ynoq tumanidagi qamishzorlarda yong‘in chiqqani haqida xabar bergandik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘qligi, sababi qamishzorlar bo‘yi suv va botqoqlikdan iborat ekanini ma’lum qilgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 17 may kuni soat 20:00da Mo‘ynoq tumani, “Zaliyev” ko‘lidagi qamishzorda yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Mo‘ynoq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 20:40da ko‘lga yetib borib, 21:05da alangani bartaraf etgan. FVVga ko‘ra, yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha bo‘lgan masofa taxminan 30 km ni tashkil etadi.
Hodisa oqibatida “Zaliyev” ko‘lida 0,5 gektar maydonda qamishzor yongan.
Ayni vaqtda yong‘inning sababi aniqlanmoqda.
LiveBarchasi