FVV qor ko‘chkisi xavfini e’lon qildi 

Jamiyat

image

Joriy yilning 28 – 31 yanvar kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi saqlanib qoladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

“Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va “Diqqat! Qor ko‘chkisi xavfi mavjud” belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni iltimos qilamiz”, deya ogohlantirdi FVV.

Ma’lumot uchun, 28-29 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan Kaspiy dengizi va Turkmaniston orqali nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing