FVV Qayroqqum suv ombori yorilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Kecha, 14 yanvar kuni kechqurun ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shni Tojikiston hududida joylashgan Qayroqqum suv ombori buzilib ketganligi haqida ma’lumot tarqaldi.

Bu xabarlar o‘tgan yili may oyida toshqindan zarar ko‘rgan Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari aholi orasida vahima uyg‘otgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkr xabarlarga munosabat bildirib, ularni rad qildi.

“Ushbu ma’lumot yolg‘on va hech qanday asosga ega emas. Tojikistondagi favqulodda vaziyatlarga mas’ul idoradan olingan aniq ma’lumotlarga ko‘ra, Qayroqqum suv ombori buzilmagan va normal holatda ishlamoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini mish-mishlarga ishonmaslikka chaqiradi”, deyilgan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

suv ombori toshqin

Baholaganlar

764

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing