FVV Botanika bog‘idagi yong‘in bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent Botanika bog‘idv yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Botanika bog‘idagi yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, bugun, 16 may kuni soat 11:55 da Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent Botanika bog‘ining orqa tomonida, ochiq maydonda qurigan xas-xashak va butalgan shox-shabbalarda yong‘in sodir bo‘lgan. 

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, bog‘ hududiga o‘tishining oldi olingan. 

Yong‘indan jabrlanganlar yo‘q. Bog‘ning o‘rmon fondiga zarar yetmagan.

Holatning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

343

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing