Futzal: Jahon chempionatining finalchilari aniq bo‘ldi
Sport
−
04 Oktabr 2024 10033 1 daqiqa
Kecha, 3 oktyabr kuni O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan va tobora o‘z poyoniga yetib borayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi yarim final o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Finaloldi o‘yinda Argentina Fransiya bilan kuch sinashib, 3:2 hisobida zafar quchdi. Amerika qit’asi vakillari safida gollarga Kevin Arriyeta va Angel Klaudino mualliflik qilgan bo‘lsa, fransiyaliklardan Nikolas Menendez hamda Mamadou Ture raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Endi 6 oktyabr kuni Janubiy Amerikaning ikki jamoasi finalda, Yevropaning 2 ta termasi 3-o‘rin uchun bahsda ishtirok etadi. Argentina chempionlik uchun Braziliya bilan bahs olib borsa, Fransiya bronza medallari uchun Ukrainaga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, har ikki uchrashuvga Toshkent shahridagi “Humo arena” mezbonlik qiladi. 3-o‘rin uchun o‘yin 17:30 da, final esa 20:00 da boshlanadi.
Live
Barchasi