Futzal: O‘zbekistonning Osiyo kubogi chorak finalidagi raqibi aniq bo‘ldi
Sport
−
22 aprel
14329Ayni kunlarda Tailandda futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Bugun, 22 aprel kuni qit’a birinchiligining guruh o‘yinlari yakunlanadi.
Ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi turnir chorak finalida Vetnam bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. O‘zbekistonlik futzalchilar o‘z guruhidagi barcha o‘yinlarda g‘alabaga erishib, yuz foizlik natija qayd etdi.
O‘zbekiston-Vetnam o‘yini 24 aprel kuni o‘tkaziladi. Mazkur juftlik g‘olibi yarim finalda “D” guruhi g‘olibi va “C” guruhi 2-o‘rin sohibi o‘rtasida kechadigan bahsda g‘alaba qozongan jamoa bilan to‘qnash keladi. Hozirda “D” guruhida Osiyo kubogida eng ko‘p chempion bo‘lgan Eron peshqadamlik qilmoqda. “C” guruhida 2-o‘rinni qirg‘izistonlik futzalchilar band etgan.
LiveBarchasi