Futzal: O‘zbekiston yirik hisobda Iroqni mag‘lub etdi
Sport
−
19 aprel
5531Bugun, 19 aprel kuni Tailandda o‘tkazilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogining 2-tur o‘yinlari davom ettirildi. Bu turda O‘zbekiston terma jamoasi Iroq bilan kuch sinashib, yirik 4:1 hisobida zafar quchdi.
“B” guruhidan o‘rin olgan mazkur bahsda O‘zbekiston safida gollarga Akbar Usmonov, Mashrab Odilov, Elbek To‘lqinov va Sunnatulla Jo‘rayev mualliflik qildi.
Raqib jamoadan yagona javob to‘piga 38 daqiqada Majid Ogaili mualliflik qildi.
Shunday qilib, ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes murabbiyligidagi O‘zbekiston jamoasi muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritib, umumiy 6 ochko bilan o‘z guruhida yakka peshqadamga aylanib oldi.
LiveBarchasi