Futzal: O‘zbekiston Paragvayga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
17 Sentabr
7244Bugun, 17 sentyabr kuni O‘zbekiston futzal bo‘yicha Jahon chempionatining 2-turida Paragvay termasiga qarshi o‘ynadi. Toshkentdagi “Humo arena”da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zbekistonliklar yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvning ilk golini 16-daqiqada Paragvay a’zosi Espinoza kiritdi va o‘yinda hisobni ochdi. Bir daqiqadan so‘ng mehmonlar futzalchisi Baez hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi shu tariqa yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limning 24-daqiqasida Martines paragvayliklarning 3-goliga mualliflik qilib, hisobni yanada yiriklashtirdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Salas mehmonlarning navbatdagi golini O‘zbekiston darvozasiga kiritdi va tablodagi raqamlarni 0:4 ko‘rinishga keltirdi. 2-bo‘limning 35-daqiqasida o‘zbekistonliklar a’zosi Husniddin Nishonov to‘p kiritib, mezbonlarning uchrashuvdagi ilk goliga mualliflik qildi. O‘yin shu tariqa O‘zbekiston jamoasining yirik mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston tarixda birinchi marta FIFA tasnifidagi turnirga mezbonlik qilmoqda. O‘zbekiston futzal terma jamoasi esa 3-marta Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati 6 oktyabrga qadar davom etadi. Toshkent va Buxoro shahridan tashqari Andijon shahrida turnir o‘yinlari o‘tkaziladi.
LiveBarchasi