Futzal: O‘zbekiston Osiyo kubogida Eron bilan o‘ynaydi
Sport
−
25 aprel
5831Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslarining chorak final o‘yinlari yakunlandi. 1/4 finalda O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va ketma-ket beshinchi marta qit’a birinchiligining yarim finaliga yo‘l oldi.
Yarim finalda Xose Venansio Lopes shogirdlari Osiyo kubogida eng ko‘p g‘olib bo‘lgan jamoa Eron bilan to‘qnash keladi. Mazkur o‘yin 26 aprel kuni o‘tkaziladi.
Qayd etish joiz, musobaqa yarim finaliga Markaziy Osiyoning 2 ta jamoasi yetib keldi.
O‘zbekiston-Eron juftligi g‘olibi finalda Tailand-Tojikiston qarama-qarshiligi bilan to‘qnash keladi. Musobaqaning hal qiluvchi o‘yinlari esa 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Eron futzalchilari umumiy 6 marta to‘qnash kelgan va barchasida forslarning qo‘li baland kelgan. Oxirgi marta jamoalar rasmiy doirada 2021 yil sentyabr oyida Jahon chempionatida to‘qnash kelgandi va bahsda eronliklar 9:8 hisobida g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi