Futzal: Osiyo kubogining amaldagi g‘olibi turnirni tark etdi
Sport
−
22 aprel 2024 8201 1 daqiqa
Ayni kunlarda Tailandda futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Bugun, 22 aprel kuni guruh bosqichi 3-turi doirasida turnirning amaldagi chempioni Yaponiya qo‘shni Tojikiston bilan kuch sinashib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab 11-daqiqada “kunchiqar yurt” vakili Ishida hisobni ochgan bo‘lsa, 25-daqiqada tojikistonliklardan Muhammadjon Sharipov hisobdagi muvozanatni tikladi.
Shunday qilib, Yaponiya “C” guruhida 4 ochko jamg‘argan holda musobaqa bilan xayrlashadigan bo‘ldi. Endi “samuraylar” shu yili O‘zbekistonda o‘tadigan Jahon chempionatida ham ishtirok etolmaydi. Mazkur guruhdan 1-turda Yaponiyani sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratgan Qirg‘iziston va bugun “samuraylar” bilan durang o‘ynagan Tojikiston pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Kvartetda 4-o‘rinni janubiy koreyalik futzalchilar band etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futzal terma jamoasining chorak finaldagi raqibi aniq bo‘lgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025