Futzal bo‘yicha Osiyo kubogiga qur’a tashlandi

Sport

image

Bugun, 14 dekabr kuni kelgusi yil Tailandda o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslariga qur’a tashlandi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning “B” guruhidan joy oldi. 

Guruh bosqichida ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes shogirdlariga Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya jamoalari raqiblik qiladi. O‘zbekiston guruhdagi dastlabki o‘yinini "kengurular yurti"ga qarshi o‘tkazadi.

Osiyo kubogining yarim finaliga yo‘l olgan 4 ta jamoa 2024 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. O‘zbekiston musobaqa mezboni bo‘lgani uchun o‘z-o‘zidan mundialda ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Osiyo kubogi o‘yinlari 17 apreldan 28 aprelga qadar bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi Futzal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing