Futzal: Bugun Jahon chempionati 1-tur o‘yinlari yakunlanadi

Sport

image

Bugun, 16 sentyabr kuni O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqich 1-tur bahslari nihoyasiga yetadi.

Kun dasturida 4 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. “E” va “F” guruhi jamoalari musobaqadagi dastlabki o‘yinini o‘tkazadi. "E” guruhida Portugaliya Panama bilan kuch sinashsa, Tojikiston Marokash bilan bahs olib boradi.

“F” guruhida esa Eron-Venesuela, Gvatemala-Fransiya bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning 2-tur o‘yinlari 17 sentyabr kuni boshlanadi. O‘sha kuni 1-turda Niderlandiya bilan durang o‘ynagan O‘zbekiston terma jamoasi Paragvay bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing