Futbolning yangi qoidalari JCHda sinovdan o‘tkazilishi mumkin

Sport

image

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) 2026 yilgi Jahon chempionati davomida jahon futboli uchun mo‘ljallangan yangi qoidalarni sinovdan o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

IFAB o‘yinda vaqtni ataylab cho‘zishga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator choralarni ilgari surmoqda. Jumladan, kengash futbolchilarni almashtirish uchun 10 soniyalik vaqt chegarasini joriy etishni taklif qilmoqda. Ushbu qoida almashtirilayotgan futbolchi maydonni tark etishi lozim bo‘lgan maksimal vaqtni anglatadi. Agar futbolchi belgilangan 10 soniya ichida maydonni tark etmasa, zaxiradan maydonga tushayotgan futbolchi ma’lum muddatga yon chiziqda qolishga majbur bo‘ladi.

Shuningdek, kengash jarohat simulyatsiyasiga qarshi kurashish maqsadida o‘yinni to‘xtatish uchun qat’iy vaqt chegarasini joriy etish taklif etilmoqda. Ushbu vaqt tugagach, jarohat olgan futbolchi maydonni
tark etishi kerak bo‘ladi va uchrashuv davom ettiriladi.

Bundan tashqari, hakamlar futbolchi ataylab vaqtni behuda sarflayapti, deb hisoblagan holatlarda to‘p yon chiziqdan tashlanishi yoki jarima zarbasi ijro etilishi paytida besh soniya ichida o‘yinni boshlashni talab etiladi.

IFAB texnik direktori Devid Ellereyning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qoidalar 2026 yilgi Jahon chempionatidayoq sinov tariqasida qo‘llanilishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, yangi qoidalar bo‘yicha yakuniy qaror joriy yilning 28 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan IFAB yig‘ilishida qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Jahon chempionati IFAB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing