Futbolchilarimdan g‘ururlanaman. Ular yaxshi o‘ynadi – Kannavaro
Sport
−
10:20 3137 2 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kolumbiyaga qarshi uchrashuvdan keyin matbuot anjumanida o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Murabbiyning ta’kidlashicha, jamoa ikkinchi bo‘limda o‘yinni o‘zgartira olgan va tashabbusni qo‘lga olishga harakat qilgan.
"O‘yin qiziqarli o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda biz o‘yinni o‘zgartirishga erishdik. Chap qanotdan imkoniyatlar yaratdik. O‘yin nazoratini o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik", dedi Kannavaro.
Bosh murabbiy O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etayotgani mamlakat futboli uchun muhim voqea ekanini ta’kidladi.
"Avvalambor, biz O‘zbekistonni butun dunyoga ijobiy namoyish etish uchun bu yerga keldik. Kolumbiya singari jamoalarga qarshi o‘ynash, to‘psiz harakat qilish oson emas. Umuman olganda, ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik, biroq afsuski gol o‘tkazib yubordik", dedi u.
Kannavaro mazkur bahsni tarixiy o‘yin sifatida baholar ekan, jamoa kelgusida xatolar ustida ishlashini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 18 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixidagi ilk Jahon chempionati uchrashuvida maydonga tushdi. Unda Fabio Kannavaro shogirdlari Kolumbiyaga qarshi bahs olib borib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi."Biz bu stadiondagi ushbu o‘yinni eslab qolamiz. Chunki bu tarixiy o‘yin. Biz Jahon chempionatidamiz. Bugungi o‘yin biz uchun yaxshi bo‘ldi, deb ayta olaman. Xatolar bo‘ldi, ular ustida ishlaymiz. Futbolchilarimdan g‘ururlanaman. Ular yaxshi o‘ynashdi. Bugun qiyin o‘yin bo‘ldi. Bunday stadionda, muxlislar qarshisida o‘ynash oson emas. Lekin bu sizga ko‘proq motivatsiya berishi ham mumkin", dedi Fabio Kannavaro.
Live
Barchasi