Futbolchilarim matonat ko‘rsatdi – Temur Kapadze
Sport
−
25 iyul
7812O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Parijdagi Olimpiadada Ispaniyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“O‘yindan mamnunman. Futbolchilar matonat va chinakam jamoaviy ruhni ko‘rsatdi. Raqiblarimiz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, ammo so‘nggi daqiqalargacha kurashdik. Bahs davomida biz barcha o‘zbekistonliklarning qo‘llab-quvvatlashini sezib turdik. Bizga ishongan barchaga rahmat!” deydi Kapadze.
Ma’lumot uchun, Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari doirasida O‘zbekiston “S” guruhidan o‘rin olgan. 1-turdan keyin Kapadze shogirdlari -1 to‘plar nisbati bilan 4-o‘rinda qayd etildi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Misr va Dominikan o‘zaro bahs olib borib, durangga imzo chekdi.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi keyingi o‘yinini 27 iyul kuni Misrga qarshi o‘tkazadi.
LiveBarchasi