Futbolchiga o‘rindiq bo‘lagini uloqtirgan muxlis qamaldi

Sport

image

Shotlandiyaning “Aberdin” jamoasi muxlisi futbolchiga o‘rindiq bo‘lagini uloqtirib, unga tan jarohati yetkazgani uchun 18 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “The Herald” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hodisa o‘tgan yilning 17 may kuni “Aberdin” jamoasining “Tannadis” stadionida “Dandi Yunayted”ga qarshi safar uchrashuvida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng sodir bo‘lgan. Mag‘lubiyatdan norozi muxlis 32 yoshli Devid Gouvans maydonga o‘rindiqning bir qismini uloqtirgan. Ushbu buyum “Aberdin” himoyachisi Jek Makkenzining boshiga tegib, futbolchiga jiddiy jarohat yetkazgan.

Sud qaroriga muvofiq, Devid Gouvans 18 oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, unga 10 yil davomida futbol uchrashuvlariga borish taqiqlandi. Qayd etilishicha, u avvalroq “Aberdin” futbol klubi tomonidan ham umrbod muxlislikdan chetlatilgan.

Gouvansning advokati Larri Flinn sud jarayonida mijozi hodisa vaqtida mast bo‘lganini hamda sodir etilgan ish uchun “juda qattiq xijolat” tortayotganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jarohat muxlis “Aberdin”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing