Futbol vaqtini hisoblash tizimi butunlay o‘zgaradimi?
Sport
−
04 mart 2023
6134Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (IFAB)ning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida o‘yin vaqti o‘zgartirilishi bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, bir qator taniqli shaxslar, jumladan, FIFA'ning texnik direktori Marko van Basten, sobiq Premer-liga hakami Mark Klattenburg va “Arsenal”ning sobiq bosh murabbiyi Devid Deyn futbolda o‘yin vaqtini 90 daqiqadan 60 daqiqaga qisqartirishni taklif qilgan. Futbolchilar almashishi, VAR qarori, jarohatlangan o‘yinchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish va shu kabi o‘yinni bo‘luvchi vaziyatlar yuzaga kelganda vaqt to‘xtatiladi va o‘yin to‘xtagan daqiqalardan davom ettiriladi. Shunda qo‘shib berilgan vaqt tufayli yakuniy hisob o‘zgarib ketishi, o‘yin vaqtida uzilishlar yuzaga kelishi kabi holatlar bartaraf etiladi.
IFAB’ning yillik umumiy yig‘ilishida ushbu taklif tasdiqlanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, futbolda qo‘shimcha vaqt qo‘shish qoidasi ilk marta 1891 yilda tatbiq etilgan. So‘nggi yillarda hakamlar gol nishonlash, VAR tekshiruvlari, o‘yinchi almashish jarayonidagi to‘xtalishlarni kompensatsiya qilish uchun qo‘shimcha vaqtdan foydalanmoqda.
Mushtariy G‘aniyeva
LiveBarchasi