Futbol stadioni kattaligidagi asteroid 8 fevral kuni yerga yaqinlashadi – NASA

Olam

image

Joriy yilning 8 fevral kuni diametri 150 metr bo‘lgan “2007 UY1” asteroidi yerga yaqinlashadi. Bu haqda AQSH Milliy Aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, yerga yaqinlashayotgan jism sayyoramiz atrofidan minimal masofada yaqin uchib o‘tadi.

U yerga 5,3 million km, ya’ni yer va oy orasidagi masofadan 14 marta katta masofagacha yaqinlashadi. 

“2007 UY1” asteroidini olimlar 2007 yilda aniqlashgan. Ta’kidlanishicha, bu asteroid sayyoramiz uchun unchalik katta xavf tug‘dirmaydi. 

Olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, uchar jismning yer bilan to‘qnanish ehtimoli juda ham kam. 

Joriy yil, yanvar oyi o‘rtalarida olimlar yerga jiddiy xavf tug‘diruvchi “7482 (1994 PC1)” asteroidining yaqinlashayotgani haqida ma’lum qilishgan edi. 

Kattaligi 1052 metrni tashkil etuvchi asteroid, 18 yanvar kuni yerga 1,98 million km masofada yaqin kelishi taxmin qilingandi. 

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu asteroid yaqin 100 yil ichida yer sayyorasiga xavf solmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

783

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing