Futbol bo‘yicha O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Osiyo chempionati finaliga chiqdi

Sport

−

image

Bangladeshda davom etayotgan amputant futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati doirasida O‘zbekiston terma jamoasi finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar Indoneziyani 8:1, Nepalni 13:0, mezbon Bangladeshni 3:0, Iroqni 3:0 hisobida mag‘lub etib, yetib keldi.

Final bahsi ertaga, ya’ni 12 fevral kuni o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi yana bir bor Indoneziyaga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi 5 karra Jahon chempioni hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing