Futbol bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi kollej tashkil etiladi

Jamiyat

image

Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi. Yangi kollejda futbol bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarorida aytib o‘tilgan. 

Yangi qarorga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi. Ushbu kollejlar faoliyati 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur kollejlarda ta’lim jarayoni ikki bosqichda: umumiy o‘rta ta’lim (7-11 sinflar) hamda o‘rta professional ta’lim (11-sinfdan keyingi bir yillik ta’lim) bosqichlarida amalga oshiriladi.

Yangi tashkil etilgan kollejlarda 2020-2021 o‘quv yilidan futbol bo‘limlari tashkil etiladi va ularda futbol bo‘yicha mutaxassislar (sportchilardan tashqari) tayyorlanadi.

Qaror bilan Olimpiya zaxiralari kollejiga o‘quvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, o‘quvchilar kollejga 7-sinfdan tanlov asosida qabul qilinadi.

Tanlov kasbiy (ijodiy) imtihonlar asosida ikki bosqichda: umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Kollej bitiruvchilariga o‘rta professional ta’lim bosqichini tamomlaganlik to‘g‘risida beriladigan diplom kelgusida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing