Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati muhim pallaga kirmoqda

Sport

image

Bugun, 7 fevral kuni Marokashda start olgan futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining dastlabki yarim final o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Libertadores kubogi-2022 g‘olibi – “Flamengo” hamda Osiyo chempionlar ligasi-2021 sohibi “Al-Hilol” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Ikkinchi yarim finalda Ispaniyaning “Real” klubi Misrning “Al-Ahli” jamoasi bilan kuch sinashadi.

“Flamengo” - “Al Hilol” bugun, 7 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi. “Real” - “Al-Ahli” o‘yini esa 8 fevral kuni o‘tkaziladi. 

Ma’lumot uchun, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2007 yildan buyon o‘tkaziladi. Turnirda eng ko‘p “Real Madrid” (4 marta) g‘olib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Al-Ahli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing