Futbol hakami yuzidan jarohat olib maydonni tark etdi (video)

Sport

image

Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining “Volfsburg” – “Kyoln” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda nemis hakami Torben Ziyever og‘ir jarohat olib, o‘z vazifasini bajara olmay, stadionni tark etdi. Bu haqda RT telekanali ma’lum qildi.

Voqea o‘yinning birinchi bo‘limining 15-daqiqasida qayd etilgan.

Futbolchilar to‘p uchun kurashayotgan vaqtda to‘p hakamning yuz qismiga tekkan.

Jarohat olgan hakam o‘yinni davom ettira olmasligi aniq bo‘lgach, stadion diktori o‘yinga kelgan muxlislardan zaxira hakami vazifasini bajarishi uchun ko‘ngilli odam so‘ragan. Oradan bir necha daqiqa o‘tib tomoshabinlardan biri bu iltimosga javoban Torben Ziyeverning o‘rnini egallagan.

Ta’kidlanishicha, o‘yinda hakamlik qilishga tushgan muxlis "MTV Gifhorn" havaskorlar jamoasi futbolchisi Tobias Krull bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya chempionati 15-turidan o‘rin olgan “Rizespor”ga qarshi bahs (1:1) yakunida “Anqaraguju” prezidenti Faruk Koja maydonga yugurib chiqib, hakam Halil Melerning yuziga musht tushirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya futbolchi hakam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing