Fuqaroni tepgan mahalla raisi lavozimidan “uchdi” (video)
3-sahifa
−
28 noyabr 2022
12099Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi fuqaroning orqasidan tepgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
Joriy yilning 27 noyabr kuni taxminan soat 12:30 da Yakkasaroy tumani “Armug‘on” mahalla raisi A.Q. fuqaro I.I. bilan o‘zaro janjalllashib qolgan. Shundan so‘ng, A.Q. kelib I.I.ni bir marotaba orqasidan tepgan.
Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi ("Mayda bezorilik") bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Yakkasaroy tumani hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, mahalla raisi A.Q. o‘zining bajarayotgan vazifasiga nomunosib xatti-harakatlarni amalga oshirgani uchun lavozimidan ozod qilingan.
LiveBarchasi