Fuqaroligi yo‘q abituriyentlar qanday qilib ro‘yxatdan o‘tadi?
Jamiyat
−
25 iyun 2020 3750 1 daqiqa
Joriy yilda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul kommissiyalarida ro‘yhatdan o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, davlat komissiyasining 1-son bayoniga ko‘ra, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirish imtihonlarida ishtirokini ta’minlash maqsadida, ular oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalarida sanitariya-gigiyena talabalariga qat’iy amal qilgan holda belgilangan tartibda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Fuqaroligi bo‘lgan va boshqa toifadagi abituriyentlar OTMlarning qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi qat’iy belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, bu yil barcha abituriyentlar Davlat test markazining rasmiy sayti hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tadi.Faqatgina 8 ta tumanda abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yhatdan o‘tkaziladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr