Fuqarolarning oltin qazib olishiga doir talablar o‘zgaradi
Jamiyat
−
04 mart 2020
5817Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibiga qo‘shimchalar kiritiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida qayd etilgan.
Hujjatga asosan tasdiqlangan qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagicha qo‘shimchalar kiritiladi:
• Tasdiqlangan ro‘yxatga kirmagan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha talabgorlar tomonidan ariza kelib tushgan hollarda Davlat geologiya qo‘mitasi tegishli viloyatlar hokimliklari, vazirlik va idoralari bilan birgalikda o‘rganib chiqib, auksionda realizatsiya qilinadigan yer qa’ri uchastkalari ro‘yxatiga kiritish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
• Yil davomida jismoniy yoki yuridik shaxsga litsenziya bilan berilgan yer qa’ri uchastkalari umumiy maydoni 20 gektardan oshmasligi shart.
• Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qo‘yishning boshlang‘ich narxi har bir gektariga O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida belgilanadi. Bunda to‘liq bo‘lmagan gektarlar uchun boshlang‘ich narx ko‘payish tomonga to‘liq gektar ko‘rinishida hisoblanadi.
• Tub jinslar uchastkalarida tog‘-kon lahmlari tik tomonlarini 2 (ikki) metrdan ko‘p bo‘lmagan chuqurlikda o‘tishga yo‘l qo‘yiladi. Agar tog‘-kon lahmlarini zinasimon shaklida o‘tayotgan bo‘lsa, bu holatda umumiy chuqurligi 6 (olti) metrgacha ruxsat etiladi. Bunda har bir zinaning balandligi 2 (ikki) metrdan oshmasligi va zinaning eni 0,5 (yarim) metrdan kam bo‘lmasligi zarur.
LiveBarchasi