Fuqarolarning qoramollarini o‘g‘irlagan bir guruh shaxslar qo‘lga tushdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani fuqarolarning qoramollarini o‘girlash bilan shug‘ullanib kelgan bir guruh shaxslar aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ichlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tumanning “Fayzobod” mahallasida yashovchi fuqaroning hovlisidan 5 bosh qo‘y noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Mazkur holat shu vaqtning o‘zida nazoratga olinib, surishtiruv ishlariga kirishilgan.

Oradan 4 kun o‘tib, ushbu mahallaning “Qaytmas” ko‘chasida yashovchi yana bir fuqaro xonadonidan ham 4 bosh qo‘y va 2 bosh buzoq o‘g‘irlangan.

Hududda o‘tkazilgan o‘rganishlar va tezkor surishtiruv tadbirlari davomida ushbu ikki jinoyatni 20-25 yoshlar orasidagi 6 nafar shaxs sodir etgani aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlangan.

Holat yuzasidan dastlabki tergov jarayonida, birinchi holat bo‘yicha fuqaroga yetkazilgan 15 million so‘m moddiy zarar undirib berilishiga erishilgan. Ikkinchi holatda o‘g‘irlangan 4 bosh qo‘y va 2 bosh buzoq jabrlanuvchiga qaytarilgan.

“Hozirda ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi boshqarma xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing