Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
21 iyun 2022
3884Toshkent viloyatining Bo‘stonliq va Oqqo‘rg‘on tumanlarida fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bo‘stonliq tumanida fuqaro S.N. va U.R.lar boshqa bir fuqaro J.ni tanishlari yordamida 1 200 AQSH dollari evaziga Polsha davlatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga yuborishni va’da qilgan. Biroq, kelishilgan pulning 600 AQSH dollarini olgan vaqtida tegishli organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, Oqqo‘rg‘on tumanda fuqarolar E.N., G.T. va boshqa shaxslar fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki elchixonalardagi tanishlari yordamida xorijiy davlatlarga ishga jo‘natishni va’da qilgan. Evaziga G.T.ning plastik kartasiga 2021 yilning 5 oktyabridan joriy yilning 25 mayiga qadar jami 531,7 mln so‘mni tushirib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi