Fuqarolarga xorijiy valyutada qarz olishga ruxsat beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarib olishga ruxsat beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 14 sentyabr kuni imzolangan “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Farmonga muvofiq ikki oy muddatda qarz shartnomasini notarial tasdiqlaganlik uchun hamda qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summasini undirish bo‘yicha ijro xatlarini yozib berganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdorini ikki baravar kamaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, 2021 yil 1 dekabrdan tijorat banklariga yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi.

Bundan tashqari, shu davrdan boshlab quyidagilarni belgilashga doir talablar ham bekor qilinadi:

•    davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mahsulotlarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida majburiy ravishda oldindan to‘lovni;
•    qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avans.

Yuqorida nazarda tutilgan holatlarda oldindan to‘lov va avans tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing