Fuqarodan qarz bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on hokimligining bankdagi pullari “muzlatildi”

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Oliy sud qarorini bajarmayotgani haqida xabar tarqaldi. Xabar 60 yoshli Hadicha Umarova tomonidan yozilgan. Mazkur holat yuzasidan  Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati munosabat bildirdi.
 
Qayd etilishicha, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi fuqaro Hadicha Umarovadan 123 mln so‘m qarzdor bo‘lgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining joriy yilning 8 sentyabridagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligidan undiruvchi Hadicha Umarova foydasiga 120 mln so‘m moddiy zarar va 3 mln so‘m ma’naviy zarar jami 123 mln so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 13 oktyabr kuni kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
 
Olib borilgan ijro harakatlari davomida 8 noyabr kuni qarzdorning g‘aznachilik bo‘limidagi hisob raqamiga band solish va g‘aznachilik bo‘limi zimmasiga majburiyat yuklash to‘g‘risidagi qaror chiqarilib, Kattaqo‘rg‘on tuman g‘aznachilik bo‘limi boshlig‘iga topshirilgan.

“Olingan javob xatiga asosan qarzdor Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligiga tegishli bo‘lgan (1 va 2-guruh xarajatlaridan tashqari) barcha hisob raqamlariga band solinganligini ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

332

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing