Fuqaro Toshkent hokimligiga 250 ming dollarli Mercedes sovg‘a qildi
Jamiyat
−
01 dekabr 2021
22444Fuqaro Toshkent shahar hokimligiga bozor narxi 250 ming dollarlik avtomobil sovg‘a qildi. Bu haqda poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qarorida aytib o‘tilgan.
“Toshkent shahar hokimligi ishlar boshqarmasi va fuqaro Latipova Ziyoda Bahromovnaga tegishli Mercedes Benz S500 Hybrid rusumli, davlat raqami 01M798NV bo‘lgan qora rangli yengil avtotransport vositasini Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga ixtiyoriy ravishda beg‘araz (tekinga) berish haqidagi taklifi ma’qullansin”, deyiladi hokim qarorida.
Ortiqxo‘jayev hokimlikning ishlar boshqarmasiga Mercedes Benz S500 Hybrid rusumli yengil avtotransport vositasini belgilangan tartibda qabul qilib olish va texnik ko‘rikdan o‘tkazib, undan samarali foydalanish choralarini ko‘rishni topshirgan.
Shuningdek, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yengil avtotransport vositasi tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vazifasini topshirgan.
P.S.: endi respublika bo‘ylab barcha viloyat va tumanlarda fuqarolar hokimlikka shunday qimmatbaho mashinalarni hadya qilishni boshlamasa bo‘lgani.
LiveBarchasi