Frenki de Yongga kutilmagan xaridor paydo bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yongga qiziqish bildirayotgan klublar qatorida turibdi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi 25 yoshli futbolchi uchun “Barselona”ga 63+8 million yevro to‘lashga tayyor.

Qayd etilishicha, oxirgi bir oy davomida “Barselona”ga de Yongning transferi borasida bir nechta takliflar tushgan. Biroq Frenki barcha takliflarni qat’iy ravishda rad etgan. U Ispaniya klubida qolmoqchi ekanligini ma’lum qilgan. De Yongning “ko‘k anorranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. 

“Barselona” himoyachi Jyul Kundeni Ispaniya chempionati uchun haligacha ro‘yxatdan o‘tkazolmagan va Kunde bilan bog‘liq muammoni hal qilish uchun 20 million yevro kerak. Shuning uchun “Barsa”  Frenkini sotishga qarshi emas.

Butun yoz mobaynida niderlandiyalik futbolchiga “Manchester Yunayted” asosiy da’vogar sifatida ko‘rildi. Biroq “qizil iblislar” de Yongning positsiyasiga “Real” futbolchisi Kazemironi olib keldi. Endilikda machesterliklar 24 yoshli futbolchiga nisbatan oldingidek qiziqish bildirmasa kerak.

Ma’lumot uchun, de Yong joriy mavsumda “Barselona” safida Ispaniya chempionatining 2 ta o‘yinida qatnashdi. Biroq u samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Frenki de Yong “Barselona” “Liverpul'”

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing