Fransuz velosipedchisi Rossiyada hibsga olindi
Olam
−
06 Sentabr 8643 1 daqiqa
Fransiyalik velosipedchi sayyoh Sofian Sexili noqonuniy davlat chegarasini kesib o‘tganlikda ayblanib, Rossiyaning Vladivostok shahrida hibsga olindi. Bu haqda “Le Monde” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, sayyoh Yevroosiyoni velosipedda bosib o‘tish bo‘yicha jahon rekordini yangilashga harakat qilayotgan bo‘lgan. U sayohatni joriy yilning iyul oyi boshida Portugaliyaning Lissabon shahridan boshlagan va Vladivostokda uni yakunlamoqchi bo‘lgan. Biroq 2 sentyabr kuni Xitoy–Rossiya chegarasida bojxonachilar uni to‘xtatib qolgan.
Nashrga ko‘ra, bu voqea sportchi Rossiya hududiga kirishga ikki marta uringanidan keyin sodir bo‘lgan. U har safar 200 kilometr uzoqlikdagi turli nuqtalarda chegaradan o‘tishga harakat qilgan.
Sofian Sexili 1981 yilda tug‘ilgan. 44 yoshida u hujjatli filmlar rejissyori sifatidagi faoliyatini tashlab, velosport bilan shug‘ullanishni boshlagan. Shundan beri u taxminan 20 ta yirik musobaqada qatnashib, 11 tasida g‘olib chiqqan.
Live
Barchasi