Fransuz sayyohlari Ispaniyada cho‘kib ketdi

Olam

image

Ispaniyaning Jirona shahrida to‘rt yoshli bola va uning 29 yoshli otasi sohil bo‘yida cho‘kib ketdi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Qutqaruvchilar bolaning jasadini suvda ko‘rgan va qutqarishga shoshilgan. Bola behush quruqlikka sudrab olib kelindi va qayta jonlantirishga harakat qilindi, ammo uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.

Bu voqeadan larzaga kelgan uning onasi birdan eri ham g‘oyib bo‘lganini angladi. Ispaniya favqulodda xizmatlari tezda qidiruv va qutqaruv ishlarini boshladi. Bunga politsiya xodimlari, o‘t o‘chirish brigadasi va maxsus texnikalar jalb qilingan. Vertolyot, reaktiv chang‘i va qayiq ham bo‘lgan. Bir yarim soat o‘tgach, erkak kishining jasadi uch metr chuqurlikda topilgan.

Malumotlarga qaraganda oila Ispaniyaga Fransiyadan ta’tilda kelgan.

Politsiya hodisa sabablarini aniqlamoqda va oila a’zolaridan ayrilgan ayolga psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya dengiz

Baholaganlar

41

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing