Fransuz brendi havodan yasalgan sumkani taqdim etdi (video)
Olam
−
25 mart
18777“Coperni” deb nomlangan Fransiyaning mashhur modalar uyi o‘zining FW24 ko‘rgazmasida 99 foiz havo va 1 foiz shishadan iborat yangi “Thye Air Swipe bag” sumkasini taqdim etdi. Bu haqda brend o‘zining Instagram'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, sumkaning og‘irligi bor-yo‘g‘i 33 gramm, o‘lchami esa 27x16x6 smni tashkil etadi. U NASA tomonidan yulduz changini ushlashda foydalaniladigan nanomaterial – kremniy aerogelidan tayyorlangan. U 1200 daraja haroratga va og‘irligidan 4 ming marta ko‘proq bosimga bardosh bera oladi. “The Air Swipe Bag” ushbu kosmik nanomaterial texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan eng katta ob’ektga aylandi. Ushbu san’at asari professor Ioannis Michaloudis tomonidan amalga oshirilgan.
Bir qarashda sumka shaffof, juda yengil va qattiq ko‘rinishga ega, shuning uchun ishlab chiqaruvchilar uni ehtiyotkorlik bilan ishlatishni maslahat beradi. Chunki uning 1 foizli oynasi sinib ketish ehtimoli mavjud. Shuningdek, foydalanuvchilar “Coperni”ning yangi “Thye Air Swipe” sumkasi ichiga faqatgina yengil va zarur buyumlarni joylashlari mumkin.
Sumkaning narxi hozirda 6 698 616, 09 so‘mga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, fransuz brendi “Coperni”ga 2013 yilda Sebasten Meyer va Arno Vaylant tomonidan asos solingan. Ish va hayot hamkorlari Mod’art International Paris moda institutida o‘qiyotganida uchrashgan. Sebasten moda dizayni va naqsh yasash, Arno esa moda biznesi hamda menejmenti bo‘yicha tahsil olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoga mashhur “Balenciaga” brendi noodatiy bo‘lgan yopishqoq lenta (skotch) ko‘rinishidagi bilaguzukni taqdim etgandi.
Ulkanbayeva Rayhona
LiveBarchasi