Fransuz aktrisasi Brijit Bardo vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
28 dekabr 7346 1 daqiqa
Fransiyalik aktrisa, qo‘shiqchi va jamoat faoli Brijit Bardo 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Le Figaro” xabar berdi.
Yigirma yillik ijodiy faoliyati davomida Bardo 50 dan ortiq filmda suratga tushgan. Unga keng shuhrat Roje Vadimning “Va Xudo ayolni yaratdi” filmi orqali kelgan. Uning boshqa mashhur ishlari qatorida Mishel Buaronning “Parijlik”, Anri-Jorj Kluzoning “Haqiqat”, Jan-Lyuk Godarning “Nafrat”, Lui Malning “Viva, Mariya!” filmlari bor.
1973 yilda aktyorlik faoliyatini yakunlagandan so‘ng, Brijit Bardo o‘zini hayvonlar huquqlarini himoya qilishga bag‘ishladi. 1986 yildan buyon va hozirga qadar hayvonlarni muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan Brijit Bardo fondi faoliyat yuritib kelmoqda.
Live
Barchasi