Fransiyaning Ukrainadagi harbiylari Rossiya uchun qonuniy nishon hisoblanadi - Lavrov
Olam
−
04 iyun
11801Ukrainadagi fransuz harbiy xizmatchilari – instruktor yoki yollanma askarlar – Rossiya uchun qonuniy nishon hisoblanadi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kongodagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Ular Fransiya Qurolli kuchlarining a’zolari bo‘ladimi yoki oddiygina yollanma askarmi, farqi yo‘q. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, ular qonuniy nishonni ifodalaydi” deydi Tashqi ishlar vaziri.
Lavrovning ta’kidlashicha, bugungi kunda fransuz instruktorlari Ukrainada ishlashmoqda va buni isbotlovchi bir qancha faktlar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron yil boshida Parijda o‘tkazilgan Ukrainaga yordam bo‘yicha konferensiyada Ukraina hududiga Fransiyaning quruqlikdagi qo‘shinlari kiritilishi mumkinligiga shama qilgandi.
LiveBarchasi