Fransiyaning sobiq Prezidenti qamaldi

Olam

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 mart kuni Parij sudi Fransiyaning sobiq Prezidenti Nikolya Sarkozini korrupsiyada aybdor, deb topgandi. Bugun, 30 sentyabr kuni sud Nikolya Sarkozini 2012 yilgi saylov kampaniyasini moliyalashtirishda keragidan ortiq mablag‘ sarflagani uchun bir yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Fransiyaning sobiq Prezidenti o‘z jazosini elektron kuzatuv ostida uyda o‘tashi kerak bo‘ladi”, deydi sudya.

Aniqlanishicha, Sarkozi saylovoldi kampaniyasiga sarflanadigan mablag‘larning qonuniy chegarasi qanchaligini bilgan. Hattoki, xarajatlarning oshib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay, u saylovoldi tashviqotni davom ettirgan. 

Prokuratura Sarkozini olti oylik qamoq jazosiga hukm qilishni talab qildi. Bundan tashqari, yana olti oyga shartli qamoq jazosi va 3750 yevro miqdorida jarima pulini to‘lashi kerakligini ham bildirdi.

Sobiq Prezident Sarkozi nima uchun qamaldi?

Dastlab tergovchilar Sarkozining 2007 va 2012 yillardagi saylovoldi kampaniyalarini moliyalashtirish jarayonini o‘rganib chiqdi. Tergovchilar Sarkozini keragidan ortiq mablag‘ sarflagan, deb hisoblab, “L'Oreal”ning egasi milliarder Lilian Betankurdan va Liviya rahbari Muammar Qazzofiydan noqonuniy xayriya mablag‘larini olganlikda gumon qildi. Ammo, keyinchalik Sarkoziga boshqa ayblovlar qo‘yildi – bu safar korrupsiya va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish.

Tergovchilarning fikriga ko‘ra, Sarkozi bo‘lajak Fransiya Prezidenti sifatida Betankur xayriya ishi bo‘yicha tergovga ta’sir o‘tkazishga harakat qilgan va sudya Jilber Aziberga tergov jarayoni to‘g‘risida ma’lumot olish evaziga mansabda ko‘tarilish va Monakoda “shinam joy” taklif qilgan.

Ayblov Sarkozi va uning advokati Teri Ersog o‘rtasidagi telefon suhbatlarining yozuvlari asosida amalga oshirilgan. Buning uchun advokat Teri Ersog ham sobiq Prezident bilan sud qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, Nikolya Sarkozi – Fransiyani 2007-2012 yillarda boshqargan mamlakatning 23-Prezidenti. Sarkozi Prezident bo‘lguncha turli xil vazirliklarda faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing