Fransiyalik “Sezar”ning uyidan 72 ta qurol chiqdi
Madaniyat-san’at
−
28 fevral
9062Fransiyalik kino yulduz Alen Delonning uyida ruxsatsiz ishlatib kelingan 72 ta qurol va 3 000 dan ortiq o‘q-dorilar topildi. Bu haqda "Le Parisien" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, aktyorning Parijdan 135 kilometr janubda joylashgan Douchy-Montcorbon’dagi uyidan otishma poligoni ham topilgan. Alen Delon o‘qotar qurolga qiziqishi tufayli ularni uyda saqlab kelayotganini aytgan.
“Hozirda holat yuzasidan "noqonuniy qurol saqlash”, "A, B va C toifali qurollarni noqonuniy sotib olish va saqlash" moddalari bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 88 yoshli aktyor "Samuray" (1967) va “Borsalino” (1970) filmlaridagi obrazlari bilan shuhrat qozongan. O‘zbekistonlik tomoshabinlar esa uni “Asteriks va Obeliks Olimpiada o‘yinlarida” komediyasidagi Yuliy Sezar obrazi bilan taniydi.
Javohir Yo‘ldashov
LiveBarchasi